20:05 22 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
594 0 0

Kecha 3 sentyabr kuni Oʻzbekistonda 2 oydan ortiqroq vaqt davomida eng kam kasallanish holati aniqlandi.

TOSHKENT, 4 sen - Sputnik. Oʻzbekistonda 3 sentyabr kuni 257 kishi koronavirusga chalingan. Bu soʻnggi 2 oy ichida qayd etilgan eng past koʻrsatgich boʻldi, deb xabar qilmoqda SSV matbuot xizmati. 

Bundan oldingi eng past natija 27 iyun kuni qayd etilgan boʻlib, oʻshanda Oʻzbekistonda 1 sutkada 255 kishi koronavirusga chalingan edi. 

4 sentyabr soat 10:00 holatiga Oʻzbekistonda jami 42 909 nafar bemor qayd etilgan. Ulardan 40 176 nafari sogʻayib, davolanish koʻrsatkichi 93 %ni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlari quyidagi viloyatlarda aniqlangan:

Toshkent shahrida - 70 nafar 

Toshkent viloyatida - 16 nafar

Namangan viloyatida - 10 nafar

Samarqand viloyatida - 7 nafar

Qashqadaryo viloyatida - 3 nafar  

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2 287 nafar bemordan 351 nafari ogʻir, 181 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.

Ikki nafar bemor vafot etgan. 

Eslatib oʻtamiz Iyul Avgust oylarida Oʻzbekistonda kuniga aniqlanayotgan yangi bemorlar soni 400-600 kishi atrofida, kasalxonalarda davolanayotganlar soni 7 mingdan oshgan edi. 

Asosiy mavzular