22:39 29 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Jamiyat
Havola olish
379 0 0

Samarqanddagi "Afrosiyob Palas" mehmonxonasi 1985 yilda qurilgan. Mehmonxona binosi va hududi shahar markazida 1,8 gektar maydonni egallaydi.

TOSHKENT, 4 sen - Sputnik. Samarqand shahrining markazida joylashgan eng katta mehmonxona - "Afrosiyob Palas" yana savdoga chiqarildi. YE-auktsion saytida mehmonxona 5,47 milliard soʻm narxda savdoga chiqarilgan. Arizalar qabul qilish 5 sentyabrda boshlanib 3 oktyabrda tugaydi.

Autsion xabarida aytilishiga koʻra, investorga quyidagi talablar qoʻyilgan: 

  • eng kam investitsiya miqdori - 12 mln. dollar 
  • eng kam ish oʻrinlari soni - 100 kishi 
  • 4 yulduzli mehmonxona 2021 yil oxiriga qadar qurib bitkazilishi kerak
  • mehmonxonada 280ta nomer va 1ta prezident nomeri boʻlishi kerak
  • mehmonxona hududi va parkovkasi shahar arxitekturasiga muvofiqlashtirilgan boʻlishi kerak
  • mehmonxonaning mavjud qarzlarini toʻlash kerak 

Eslatib oʻtamiz, 2018 yilda Afrosiyob mehmonxonasi Singapurning Exim Investments Ple LTD. kompaniyasiga xuddi ushbu shartlarda sotilgani xabar qilingan edi.  

 

Asosiy mavzular