06:34 01 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Jamiyat
Havola olish
15510

Oʻzbekistonda ilk bor koronavirus aniqlanganidan soʻng 16 martdan boshlab bolalar uy sharoitida onlayn tahsil olishni boshlagan edi.

TOSHKENT, 7 sen — Sputnik. Oʻzbekistonda 6 oy tanaffusdan soʻng bugun 329 ta maktab oʻquvchilari uchun oʻz eshiklarini ochdi. Bu haqda Xalq taʼlimi vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Bugun, 6 oy deganda 7 sentyabr kuni 329 maktab oʻquv dargohini sogʻingan oʻquvchilar uchun oʻz eshiklarini ochdi”, - deyilgan xabarda.

Sanitariya xizmati markazlari 5 sentyabrga qadar maktablarning yangi oʻquv yiliga tayyorlik holatini oʻrganib, jamoaga qoʻshimcha oʻquv-treninglar oʻtkazgan.

Maktablar faoliyatini yoʻlga qoʻyish yuzasidan tegishli qaror sanitariya epidemiologiya va osoyishtalik markazining xulosasi asosida mahalliy xalq deputatlari kengashlari tomonidan qabul qilinadi.

Yangi 2020/2021 oʻquv yili rasman joriy yilning 14 sentyabr kunidan boshlanadi.

Eslatib oʻtamiz, vazirlik tomonidan oʻtkazilgan soʻrovnomada 5 million 500 ming nafar ota-onadan 76 foizi taʼlim jarayonini maktabga qatnagan holda, yaʼni anʼanaviy shaklda olib borish tarafdori boʻlgan, 24 foizi esa masofaviy shaklda – teledarslar orqali davom ettirishni maʼqul koʻrishgan.

Asosiy mavzular