02:43 25 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
77820

Maʼlum boʻlishicha, soʻnggi oy ichida oʻzbekistonliklar eng koʻp Rossiya, Turkiya va Janubiy Koreyaga chipta izlashgan.

TOSHKENT, 7 sen — Sputnik. Oʻzbekiston bosqichma-bosqich xalqaro aviaqatnovlarni tiklashni boshlamoqda. Shu munosabat bilan Aviasales.uz tadqiqot oʻtkazdi va karantin vaqtida oʻzbekistonliklar qayerga parvoz qilishni xohlashgani hamda yaqin oylarda qayerga chipta izlashganini aniqladi.

Maʼlum boʻlishicha, soʻnggi oy ichida oʻzbekistonliklar eng koʻp Rossiya, Turkiya va Janubiy Koreyaga chipta izlashgan.

“Sentyabrdan dekabrgacha oʻzbekistonliklar uchib ketishni xohlagan 3-top ommabop mamlakatlar – Rossiya, Turkiya va Qozogʻiston”, - deyilgan xabarda.

Rossiyaga chipta izlashlarning umimiy hissasi 60 foizdan koʻproqni tashkil etadi. Biroq oʻzbekistonliklar hozircha bu mamlakatga  parvoz qila olishmaydi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari Bahodir Yusupaliyev Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasida muntazam parvozlar sentyabrda qayta tiklanishi mumkinligini maʼlum qilgan edi. Ammo buni aniq aytish mumkin emas, chunki barchasi respublikadagi epidemiologik vaziyatga bogʻliq.

Asosiy mavzular