12:41 01 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1176)
145 0 0

Tun davomida aniqlangan kasallar soni boʻyicha poytaxt (+111) yetakchilik qildi. Shuningdek, ikki kishi koronavirusdan vafot etib, qurbonlari soni 356 kishini tashkil etmoqda.

TOSHKENT, 8 sen — Sputnik. Oʻzbekistonda oʻtgan tun davomida yana 132 kishida koronaviris aniqlandi. Bemorlarning umumiy soni 44 107 nafarga yetdi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi xabar qilmoqda.

Yangi kasallanganlarning 111 nafari Toshkent shahrida, 9 nafari Buxoro viloyatida, 6 nafari Namangan viloyatida, 5 nafari Toshkent viloyatida hamda 1 nafari Surxondaryo viloyatida fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Uchtepa tumanida yashagan 72 yoshli I.K. (erkak) hamda Angren shahrida yashagan 56 yoshli R.YE. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi. Qurbonlar soni 356 nafarga yetgan.

Shu paytga qadar 41 594 nafar koronavirus infektsiyasiga chalingan fuqarolar (94 foiz) sogʻaygan.

Hozirda mamlakatda 2157 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 430 nafari ogʻir, 224 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.

Butun dunyo boʻylab COVID-19 yuqtirib olganlar soni 27,4 milliondan oshib ketgan. Ularybyu 19,5 milliondan ziyodi shifo topgan. 897 ming nafarga yaqin kishi virus qurboniga aylangan.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1176)

Asosiy mavzular