20:28 26 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
227 0 0

Qirgʻiziston sentyabr oyi oʻrtasidan Oʻzbekiston va Qozogʻiston bilan muntazam parvozlarni qayta tiklashini maʼlum qildi.

TOSHKENT, 10 sen — Sputnik. Qirgʻiziston sentyabr oyi oʻrtasidan Oʻzbekiston va Qozogʻiston bilan muntazam parvozlarni qayta tiklaydi. Bu haqda Sputnik Qirgʻiziston xabar qilmoqda.

“Hozirda 14 sentyabrdan Toshkent-Bishkek-Toshkent va 17 sentyabrdan Olmaota-Bishkek-Olmaota yoʻnalishi boʻyicha muntazam reyslarni qayta tiklash borasida ish olib borilmoqda”, - deyilgan xabarda.

Taʼkidlanishicha, aviakompaniyalar ushbu yoʻnalishlar boʻyicha chiptalar sotuvini yoʻlga qoʻygan.

Avvaliga Toshkentga haftasiga bir marta parvozni amala oshirish rejalashtirilgan. Keyinchalik ular sonini koʻpaytirish rejalashtirilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, avalroq 2 sentyabrdan boshlab Qirgʻiziston va Oʻzbekiston oʻrtasidagi oʻtkazish punktlari orqali transport va fuqarolar kirish-chiqishi uchun qoʻyilgan cheklovlar olib tashlangani xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular