03:12 29 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Jamiyat
Havola olish
266 0 0

Toshkent shahar Yakkasaroy tumanida olti qatorli 3 ta yoʻl oʻtkazgich va avtomobil yoʻli qurilmoqda. Qurilish ishlarini 2021 yilda yakunlash rejalashtirilmoqda.

TOSHKENT, 10 sen — Sputnik. Toshkent shahar Yakkasaroy tumanida olti qatorli 3 ta yoʻl oʻtkazgich va avtomobil yoʻli qurilmoqda. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati Sputnik nashriga maʼlum qildi.

Maket dorojnoy razvyazki v Tashkente
Press-slujba xokimiyata g. Tashkent
Maket dorojnoy razvyazki v Tashkente

Ular tumanning KXAY, TXAY va Qipchoq koʻchalari oraligʻida qurilmoqda.

Choʻponota koʻprigi eng soʻnggi texnologiyalariga koʻra qurilmoqda. Butun dunyoda faol qoʻllanilayotgan, jahon standartlariga mos keladigan monolit oraliq qurilmalari texnologiyasini qoʻllagan holda qurilish-montaj ishlari olib  borilmoqda.

Stroitelstvo dorojnoy razvyazki v Tashkente
Press-slujba xokimiyata g. Tashkent
Stroitelstvo dorojnoy razvyazki v Tashkente

Koʻprikning tayanch ustunlari 47 ta, ularning balandligi 13 metrgacha boʻlishi moʻljallangan. Koʻprikning estetik jihatdan chiroyli koʻrinishi uchun ustunlarini maxsus jihozlar bilan bezatilishi nazarda tutilgan. Choʻponota koʻprigining umumiy uzunligi 597 metrni, bogʻlamalari bilan birgalikda 950 metrni tashkil qiladi.

Koʻprik qatnov qismi qoplamasining eng soʻngi texnologiya va yuqori sifatli qurilish materiallarini qoʻllagan holda qurilishi, avtomobil va piyodalarning qulay harakatlanishini taʼminlaydi.

Asosiy mavzular