00:01 25 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
565 0 0

DXX Samarqand viloyati boshqarmasi va Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida mazkur shaxs kelishilgan puldan 40 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

TOSHKENT, 12 sen - Sputnik. Davlat xavfsizlik xizmati korruptsiya va firibgarlik bilan bogʻliq holatlarga chek qoʻydi, deb xabar bermoqda idora matbuot-xizmati.

Xususan, Samarqand viloyati Pastdargʻom tumanidagi umumtaʼlim maktablaridan birining matematika fani oʻqituvchisi yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali 4 nafar abituriyentni Samarqand tibbiyot institutiga oʻqishga kiritib qoʻyishni vaʼda qiladi va ularning har biri uchun 12 ming AQSH dollaridan, jami 48 ming AQSH dollari talab qilgan.

DXX Samarqand viloyati boshqarmasi va Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida mazkur shaxs kelishilgan puldan 40 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Samarqand pedagogika kollejida oʻqituvchi boʻlib ishlovchi, 1975 yil Ishtixon tumanida tugʻilgan shaxs esa aldov yoʻli bilan mahalliy fuqaroning ishonchiga kirib, uni Qozogʻistonning Chimkent shahrida joylashgan "Miras" universitetiga oʻqishga kiritib qoʻyish uchun undan 5500 AQSH dollari olgan vaqtida ushlangan.

Jizzax shahridagi oilaviy poliklinikalardan birida bolalar shifokori boʻlib ishlovchi, 1993 y.t. shaxs mahalliy fuqaroni Jizzax davlat pedagogika instituti "Maktabgacha taʼlim" yoʻnalishining sirtqi boʻlimiga oʻqishga kirishiga yordam berishini aytib, evaziga 8 ming AQSH dollari olayotgan vaqtida DXX Jizzax viloyati boshqarmasi va Departamentning hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan ushlandi.

Dastlabki surishtiruv davomida, u ushbu pul mablagʻini Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasida shifokor boʻlib ishlovchi, 1988 yil Buxoro viloyati Romitan tumanida tugʻilgan hamtavogʻiga berishi lozimligini maʼlum qildi. Shundan soʻng tezkor tadbir Toshkent shahrida davom ettirilib, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasi shifokori jinoiy sherigidan 8 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ushlangan.

Qoʻqon davlat pedagogika institutining yoshlar masalalari boʻyicha masʼullaridan biri mahalliy fuqarodan uning tanishini mazkur oliy oʻquv yurtining "Jismoniy madaniyat" fakultetiga oʻqishga kiritib qoʻyishni vaʼda qilib, 3000 AQSH dollari olgan vaqtida DXX Fargʻona viloyati boshqarmasi va Departamentning viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan ushlangan.

Dastlabki surishtiruv davomida, u ushbu pul mablagʻini institut fakultetlaridan birining dekaniga berishi lozimligini aytdi va tezkor tadbir davom ettirilib, fakultet dekani ham 3 ming AQSH dollarini olgan paytida qoʻlga olingan.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, ushbu ishlarga aloqador boʻlgan boshqa shaxslarni aniqlash boʻyicha choralar koʻrilmoqda.

Asosiy mavzular