22:04 20 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Jamiyat
Havola olish
115 0 0

Oʻzbekistonda 14 sentyabrdan jami maktablarning 25% anʼanaviy tartibda ish boshladi. Qolgan maktablar epidemiologik vaziyatga qarab 1 oktyabrgacha ochilishi mumkin.

TOSHKENT, 14 sen - Sputnik. Bugun Oʻzbekiston boʻyicha 2635ta maktablarda anʼanaviy darslar boshlandi, ushbu hisobga 7 sentyabrda ochilgan maktablar soni ham qoʻshilgan, deb xabar qilmoqda Xalq taʼlimi vazirligi.

Eslatib oʻtamiz, Xalq taʼlimi vazirligi va Maxsus komissiya qaroiga koʻra, Oʻzbekiston hududida maktablar oktyabr oyiga qadar faqat tuman deputatlari Mahalliy kengashi xulosasiga koʻra ochilishi mumkin. Qaror har bir hudud, mavjud epidemiologik vaziyatdan, oʻqituvchilarda aniqlangan koronavirus koʻrsatkichi, hududdagi sogʻliqni saqlash tizimining tayyorligidan kelib chiqqan holda qabul qilinadi. Bu har biri hududdagi obʼyektiv vaziyatdan kelib chiqqan holda, individual va samarali yondashuv imkonini beradi. 

Undan tashqari ota-onalar ham bolalarini maktabga yuborish yoki yubormaslik haqida oʻzlari qaror qabul qilishlari mumkin. Maktabga bormagan bolalar esa “Onlayn-maktab” loyihasi doirasidagi televizion darslar orqali taʼminlanadi.

Har bir viloyat va tuman kesimida faoliyati tiklanayotgan maktablar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar tegishliligi boʻyicha hokimliklar va tuman xalq taʼlimi boʻlimlari rasmiy internet tarmoqlarida eʼlon qilinishi belgilangan. Shu bilan birgalikda, maktablar sinf rahbarlari orqali ota-onalarni xabardor qiladilar.

© Sputnik /
Pandemiya va oʻqish

 

 

Asosiy mavzular