07:33 24 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
15901

Dezinfektsion tunnellar oʻrniga antisptik dispenserlari, bir martalik niqoblar va tana haroratini masofadan turib oʻlchaydigan qurilmalardan foydalaniladi.

TOSHKENT, 16 sen - Sputnik. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tavsiyanomasiga muvofiq, Oʻzbekistonda dezinfektsion tunellardan foydalanish toʻxtatiladi. Bu haqida Respublika Maxsus komissiyasi bayonotida aytib oʻtilgan. 

Endilikda korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, jamoat joylari, bino va inshootlarga kirish joyida tana haroratini kontaktsiz oʻlchash, tashrif buyuruvchilarni zarur holatlarda ti66iy yoki bir martalik niqoblar bilan taʼminlash, shuningdek, kirish kismida tashkil qilish uchun qulay joyda teri uchyn antiseptik eritmalari boʻlgan sanitayzer-dispanser qurilmalari oʻrnatish amaliyoti joriy etiladi, - deyilgan bayonotda.

Ushbu amaliyotlarni belgilangan tartibda olib borish javobgarligi tashkilotlarning birinchi rahbarlari zimmassida boʻladi.

Asosiy mavzular