21:14 20 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Jamiyat
Havola olish
859 0 0

Moskva - Toshkent yoʻnalishida chiptalar erkin savdoda paydo boʻldi. Bilet narxi 400 dollar, yoʻlovchilardan koronavirus yoʻqligi haqida PTSR maʼlumotnoma talab qilinadi.

TOSHKENT, 16 sen - Sputnik. Uzbekistan Airways 17 sentyabrdan boshlab Moskva-Toshken yoʻnalishida rasmant biletlar sotishni boshladi. 

Ayni damda ekonom klass bilet narxi 397 dollarni, biznes klass 917 dollarni tashkil qilmoqda. Parvozlar kuniga ikki marotaba 12:05-18:00 hamda 23:30 - 05:15 da amalga oshirilmoqda. Chiptalarni kompaniya rasmiy sayti  www.uzairways.com orqali yoki kompaniya rasmiy aviakassalarida xarid qilish mumkin. 

Eslatib oʻtamiz, ushbu parvozlarga faqat Oʻzbekiston fuqarolariga chiptalar sotiladi. Yoʻlovchilar koronavirusga chalinmaganligi haqida tibbiy maʼlumotnomaga ega boʻlishi kerak. PTSR analiz parvozdan 72 soatdan koʻp boʻlmagan muddat ichida topshirilishi kerak.  

Chiptalarni oflayn xarid qilish uchun Uzbekistan Airways kompaniyasining Moskva shahri  Tverskaya koʻchasi 28 uy 2 korpusda yoki Vnukovo aeroportida joylashgan kassalariga murojaat qilish mumkin. Kompaniya telefon raqami: +7 (495) 229 39 13.

 

Asosiy mavzular