20:59 29 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Jamiyat
Havola olish
91 0 0

Ushbu reys orqali olib kelingan barcha fuqarolar avtobuslarda Toshkent viloyatidagi karantin zonalariga yetkazildi.

TOSHKENT, 16 sen — Sputnik. Maxsus poyezd reysi orqali Samaradan 938 nafar Oʻzbekiston fuqarolari olib kelindi. Bu haqda Oʻzbekiston Transport vazirligi axborot xizmati xabar qilmoqda.

Respublika maxsus komissiyasi Oʻzbekiston fuqarolarini Rossiyaning Samara viloyatidan olib kelish uchun “Toshkent–Kinel–Toshkent” temir yoʻl reysini tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan edi.

Rossiya va Qozogʻiston tomoni bilan kelishuvga binoan, joriy yilning 14 sentyabr kuni “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ poyezdi 938 nafar fuqarolar bilan “Kinel” stantsiyasidan Oʻzbekistonga joʻnagan edi.

Mazkur poyezd ayni damda Toshkent Janubiy vokzaliga yetib keldi. Ushbu reys orqali olib kelingan barcha fuqarolar avtobuslarda Toshkent viloyatidagi karantin zonalariga yetkazildi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Samara va Yekaterinburgdan 1681 nafar oʻzbekistonlik olib kelingani xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular