14:45 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
21910

Hindiston kompaniyasi Sergelida 10 ming oʻrinli halqaro universitet binosini qurishni boshladi. Asosiy bino 1 yilda qurib bitkazilishi rejalashtirilgan.

TOSHKENT, 17 sen- Sputnik. Bugun Toshkentning Sergeli tumanida "Minerva World of Knowledge" xalqaro universiteti qurilishi uchun tamal toshi qoʻyildi, deb xabar qilmoqda poytaxt hokimiyati.

Maket sovremennogo studencheskogo gorodka Minerva World of Knowledge

Marosimda Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayev, "Minerva World of Knowledge" loyiha rahbari Murali Lal Jalan, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari Oʻktam Salomov va boshqa mutasaddilar ishtirok etdilar.

Tadbirda xorijiy investorlar loyiha taqdimotini ham oʻtkazdilar. Maʼlum qilinishicha, bu yerda 10 000 dan ziyod talabaga moʻljallangan, xorijning nufuzli oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda ishlovchi universitet quriladi.

Asosiy bino 2021 yilning sentyabrida qurib bitkaziladi va keyin 5 yil davomida boshqa kampuslari, sport majmuasi, kutubxonasi va talabalar turar joylari bunyod etiladi.

Ushbu loyiha haqidagi dastlabki maʼlumot 2019 yilda paydo boʻlgan edi. Oʻshanda Hindiston kompaniyasi Sergeli tumani hududida umumiy qiymati 500 million dollar boʻlgan universitet, yotoqxonalar, turar joylar, maktabgacha taʼlim muassasalari, tibbiyot va sport inshootlari qurishga shartnoma imzolangani xabar qilingan edi. 

 

Asosiy mavzular