22:16 20 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Jamiyat
Havola olish
351 0 0

Ayni damda chorshanba, 23 sentyabr kuni amalga oshiriladigan "Samara - Toshkent" parvoziga 352 dollardan aviachipta xarid qilish mumkin.

TOSHKENT, 18 sen - Sputnik. Uzbekistan Airways 23 sentyabrdan boshlab Samaradan charter parvozlari tashkil qilishni boshladi, deb xabar qilmoqda kompaniya rasmiy sahifasi. 

"Oʻzbekiston fuqarolari oʻz Vatanlariga qaytib kelishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida "Uzbekistan Airways" aviakompaniyasi 2020-yil 23-sentyabr kuni Samara shahridan Toshkentga amalga oshiriladigan charter qatnoviga erkin sotuv ochilganini maʼlum qiladi" - deyilgan xabarda. 

Kompaniya rasmiy sahifasida keltirilishiga koʻra, chipta narxi 352 dollarni tashkil qiladi. Parvozlar jadvali hamda chiptalar narxi bilan batafsil aviakompaniya rasmiy veb-saytida tanishish mumkin. 

Maʼlumot uchun: Parvozga faqat 72 soat oldin PZR tahlili topshirganligi toʻgʻrisida maʼlumotnomaga ega boʻlgan Oʻzbekiston respublikasi fuqarolari qoʻyiladi. 

Eslatib oʻtamiz, Uzbekistan Airways 17 sentyabrdan boshlab Moskvadan kuniga 2 marotaba aviaparvozlar tashkil qilishni boshlagan edi. Ayni damda chiptalar 397 dollardan erkin savdoda sotilmoqda. Yaqin orada Sankt-Peterburgda ham chiptalar savdosi ochilishi kutilmoqda. 

 

Asosiy mavzular