06:16 26 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Jamiyat
Havola olish
14910

Moskvalik 35 nafar turli mutaxassis shifokorlari Oʻzbekistonlik hamkasabalariga konsultativ-metodologik va amaliy yordam berish uchun yuborildi.

TOSHKENT, 18 sen - Sputnik. Moskvadan 35 nafar shifokorlar COVID-19ga qarshi kurashda Oʻzbekistonlik hamkasabalariga yordam berish maqsadida Toshkentga joʻnab ketishdi, deb xabar qilmoqda Mosgorzdav matbuot xizmati. 

Yordam brigadasi tarkibida infektsinistlar, anesteziologlar, rentgenologlar, laboratoriya diagnostlari, pulmonologlar, epidemiologlar, bolalar shifokorlariva tibbiy hamshiralar bor. Shifokorlar ish boshlash uchun kerakli boʻlgan individual himoya vostalari bilan taʼminlangan. 

Rossiyalik shifokorlar Oʻzbekistonlik hamkasabalariga konsultativ-diagnostik yordam berishi, COVID-statsionarlariga tashrif buyurishi, klinikalarni qayta profillashtirishga yordam berishi, "qizil" hududlarda bemorlarni koʻzdan kechirishi hamda turli mutaxassisdagi shifokorlar uchun seminarlar tashkil qilishi rejalashtirilgan. 

Turli mutaxassislardan iborat tibbiy brigadani Moskva shahar 67-sonli klinik shifoxona xirurgi Konstantin Pokrovskiy boshchilik qilmoqda. Ushbu guruh aʼzolari shifokorlari oldin Kavkaz va Tыva respublikalarida, Qozogʻistonda boʻlgan edi. Epidemiya boshlanganidan buyon moskvalik shifokorlar Ingushetiya, Dogʻiston, Kamchatka, Xanti-Mansiysk, Yamal-Nenetsk avtonom okruglarida boʻlib, mahalliy shifokorlarga yordamga yuyuborilgan edi. 

Asosiy mavzular