13:45 27 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1230)
170 0 0

Hozirda mamlakatda 3535 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 495 nafari ogʻir, 267 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.

TOSHKENT, 20 sen — Sputnik. Oʻtgan tun davomida Oʻzbekistonda yana 243 kishida koronavirus aniqlandi. Jami kasallanganlar soni 51 235 nafarga yetdi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi xabar qilmoqda.

Yangi kasallanganlarning 228 nafari Toshkent shahrida, 15 nafari Toshkent viloyatida fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Yashnobod tumanida yashagan 53 yoshli S.M. (erkak) hamda Quyichirchiq tumanida yashagan 57 yoshli R.E. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi. Qurbonlar soni 429 nafarga yetdi.

Shu paytga qadar 47 271 nafar koronavirus infektsiyasiga chalingan fuqarolar (92 foiz) sogʻaygan.

Hozirda mamlakatda 3535 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 495 nafari ogʻir, 267 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1230)
Teglar:
Oʻzbekiston, koronavirus

Asosiy mavzular