23:35 15 Yanvar 2021
Efir
  • RUB141.29
  • EUR12796.16
  • USD10473.20
Jamiyat
Havola olish
201 0 0

Narimon Jalolov oʻzbek futboli rivojiga qoʻshgan hissasi uchun “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan murabbiy” faxriy unvoni va “Shuhrat” medali bilan bilan taqdirlangan.

TOSHKENT, 20 sen — Sputnik. Bugun, 20 sentyabr OʻFA Faxriylar kengashi raisi Narimov Jalolov 88 yoshida olamdan koʻz yumdi. Bu haqda Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Narimon Jalolov 1931 yil 23 sentyabr kuni tugʻilgan. Uning tashabbusi bilan Toshkent shahri va viloyatlarida koʻplab stadionlar qad rostlagan.

1968 yilda “Paxtakor” klubi rahbari sifatida ishlagan va oʻsha davrda jamoa Sobiq Ittifoq kubogining finaliga qadar yetib borgan edi. Mustaqillikning ilk yillarida OʻFF vitse-prezidenti lavozimida ishlagan.

Narimon Jalolov oʻzbek futboli rivojiga qoʻshgan hissasi uchun hukumat tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan murabbiy” faxriy unvoni va “Shuhrat” medali bilan bilan taqdirlangan.

Asosiy mavzular