18:26 21 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Jamiyat
Havola olish
105 0 0

Oʻzbekiston fuqaroligiga qabul qilish, undan chiqish toʻgʻrisidagi arizalar real vaqt rejimida “E-Fuqaro” orqali qabul qilinadi.

TOSHKENT, 21 sen — Sputnik. Vazirlar mahkamasi 16 sentyabr kuni Oʻzbekiston fuqaroligi masalalarini koʻrib chiqishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi qarorni qabul qildi. Bu haqda “Norma” xabar qilmoqda.

Hujjatga koʻra, IIV, TIV, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi hamda DXX “Pasport-viza” avtomatlashtirilgan axborot tizimi majmuasini modernizatsiya qildi. “E-Fuqaro” Oʻzbekiston fuqaroligi masalalariga oid idoralararo maʼlumotlar bazasini joriy etdi.

U tegishli davlat organlari oʻrtasida oʻzaro hamkorlikni taʼminlash, hujjatlarni va maʼlumotlarni kiritish, hisobga olish hamda monitoring qilish maqsadida shakllantirilgan.

Oʻzbekiston fuqaroligiga qabul qilish, undan chiqish toʻgʻrisidagi arizalar real vaqt rejimida “E-Fuqaro” orqali qabul qilinadi.

2021 yil 1 yanvarga qadar Oʻzbekiston hududida fuqarolik masalalari boʻyicha murojaatlarni YAIDXP orqali berish mexanizmi joriy etiladi. Xorijda doimiy istiqomat qilayotgan shaxslar esa TIV saytida joylashtirilgan interaktiv konsullik xizmati orqali keyinchalik shaxsan kelib murojaat qilish shartini inobatga olgan holda murojaat qilishlari mumkin.

Qaror ilovasida keltirilishicha, Oʻzbekiston fuqaroligiga qabul qilish va undan chiqish toʻgʻrisidagi arizalarni koʻrib chiqish muddati toʻrt bosqichdan iborat. Bu jarayonlarga 45 kun sarflanadi. “E-Fuqaro” bazasi 2020 yil oktyabr oyida ishga tushiriladi.

Asosiy mavzular