22:05 29 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1237)
159 0 0

Oʻtgan tun davomida 232 ta yangi koronavirus bilan kasallanish holati qayd etildi. Namangan viloyatida yana eng koʻp kasallanish aniqlangan.

TOSHKENT, 22 sen — Sputnik. Oʻzbekistonda oʻtgan tun davomida 232 yangi koronavirus bilan kasallanish qayd etildi. Jami kasallanganlar soni 52 491 nafarga yetdi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi xabar qilmoqda.

© Sputnik / Vladimir Pesnya

Yangi kasallanganlarning 78 nafari Namangan viloyatida, 61 nafari Toshkent shahrida, 19 nafari Toshkent viloyatida, 16 nafari Andijon viloyatida, 12 nafari Jizzax viloyatida, 11 nafari Surxondaryo viloyatida, 10 nafari Qashqadaryo viloyatida, 9 nafari Qoraqalpogʻiston Respublikasida, yana 9 nafari Samarqand viloyatida hamda 7 nafari Xorazm viloyatida fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor (erkak va ayol) vafot etdi. Jami qurbonlar soni 440 nafarni tashkil etmoqda.

Shu paytga qadar 48 606 nafar koronavirus infektsiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sogʻaygan.

Hozirda mamlakatda 3 445 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 536 nafari ogʻir, 283 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1237)
Teglar:
koronavirus, Oʻzbekiston

Asosiy mavzular