22:16 29 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Jamiyat
Havola olish
148 0 0

Nuriddinxon Islomov 73 yoshda vafot etdi. U ayni paytgacha Samarqand shahar bosh imom-xatibi hamda “Shohi Zinda” jome masjidi imom-xatibi lavozimida ishlab kelgan.

TOSHKENT, 23 sen — Sputnik. Samarqand shahar bosh imom-xatibi Nuriddinxon Islomov  73 yoshda vafot etdi. Bu haqda Samarqand shahar hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Nuriddinxon Islomov 1970 yilda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi xodimi vazifasida ish faoliyatini boshlagan. 1980 yildan 2008 yilga qadar Jizzax viloyatining Gʻallaorol tumani bosh imom-xatibi vazifasida faoliyat yuritgan.

2008 yildan 2017 yilgacha Samarqand viloyati bosh imom-xatibi vazifasida ishlagan. Shundan soʻng ayni paytgacha Samarqand shahar bosh imom-xatibi hamda “Shohi Zinda” jome masjidi imom-xatibi lavozimida ishlab kelgan.

Xabarda imomning vafoti sababi maʼlum qilinmagan.

Eslatib oʻtamiz, Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Xayrulloh Turmatov vafot etgani haqida xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular