21:06 29 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Jamiyat
Havola olish
28410

Tirik vaktsina ommaviy yetkazib berilmaydi, lekin sharoiti boʻlgan davlatlarga ishlab chiqarish texnologiyasi berilishi mumkin, dedi Gamaleya markazi direktori.

TOSHKENT, 23 sen — Sputnik, Lev Rыjkov. N. F. Gamaleya nomidagi NITSEM markazi direktori Aleksandr Gintsburg Sputnik muxbiriga Rossiyada ishlab chiqarilgan birinchi vaktsina qay tartibda MDH mamlakatlariga berilishini tushuntirib berdi. 

Gintsburg aytishiga koʻra, Markazning ishlab chiqarish quvvati juda kam, faqatgina Rossiya aholisini koronavirusga qarshi emlash uchun 9 oydan 12 oygacha vaqt kerak boʻladi. 

"NITSEM hududida joylashgan ishlab chiqarish korxonasi 3 smenada ish olib bormoqda, lekin Rossiya aholisini uchun kerak boʻladigan miqdordagi vaktsina ishlab chiqarishga qurbi yetmaydi. Ayni damda yana 3-4ta ishlab chiqarish maydoniga texnologiyalarni transfer qilish jarayoni ketmoqda. Umid qilamanki, noyabr oyida ushbu maydonlarda oyiga 5-6 million doza vaktsina ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi. Shundan soʻng biz 9-12  oy ichida aholining 70-80 %ini emlashga ulguramiz deb umid oʻylayman. Bu esa ushbu virus tsirkulyatsisini toʻxtatadi", - dedi Gintsburg. 

Markaz direktorining soʻzlariga koʻra, vaktsina ishlab chiqarish uchun monoklonal moddalar ishlab chiqaruvchi maxsus texnologiyalar kerak. Bunday moddalardan odatda onkologik kasalliklarni davolashda foydalaniladi. Bir necha davlatlar ana shunday texnologik maydonlar bor, lekin sobiq Ittifoq davlatlarida emas. 

"Sobiq Ittifoq davlatlarida texnologik maydonchalar tayyorligiga mening ishonchim komil emas. Agar ularning oʻzlari bunga mustaqil tayyorlansa, biz jon deb texnologiyalarni transfer qilgan boʻlardik. Lekin menimcha, boshqa Respublikalarda ham vaziyat Belarusga oʻxshagan. Biz ularga ham yordam berish imkonini topamiz. Oʻz aholimiz bilan bir qatorda qoʻshni respublikalar aholisini ham himoya qilishga yordam beramiz", - dedi Gintsburg. 

Markaz direktorining soʻzlariga koʻra, u sobiq Ittifoq respublikalaridagi boshqa tibbiy-ilmiy muassasalar direktorlari bilan mumkin hamkorlik imkoniyatlarini doimiy ravishda muhokama qilib kelmoqda. 

Boshqa xorijiy mamlakatlar borasida Gintsburg tirik vaktsinalar ommaviy ravishda olib kirilmasligini xabar qildi, lekin ishlab chiqarish texnologiyalari berilishi mumkin. 

"Ommaviy ravishda tirik vaktsina yetkazib berilmaydi, lekin kerakli profilda ishlaydigan yirik korxonalar mavjud boʻlgan davlatlarga ishlab chiqarish texnologiyasi berilishi mumkin. Masalan Hindistonga" - dedi Gamaleya markazi direktori.

Shuningdek, Aleksandr Gintsburg, Rossiya hududida yashayotgan xorijiy fuqarolar ham ushbu vaktsina sinovlarida ishtirok etishlari mumkinligini, bu borada qonunda hech qanday cheklov yoʻqligin maʼlum qildi. 

Eslatib oʻtamiz, N. F. Gamaleya nomidagi NITSEM tomonidan ishlab chiqligan, COVID-19ga qarshi birincha vaktsina  "Sputnik V" Rossiya Sogʻliqni saqlash vazirligida rasman roʻyxatdan oʻtgan boʻlib, bugungi kunda Rossiyaning barcha hududlari "Sputnik V" vaktsinasining sinov partiyasini olgan.

Asosiy mavzular