22:38 29 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Jamiyat
Havola olish
157 0 0

Vaktsinalarning qanday turlari bor? Ular bir-biridan nimasi bilan farq qiladi? COVID-19 ga qarshi yaratilgan birinchi vaktsina "Sputnik V" qanday texnologiya asosida yaratilgan?

TOSHKENT, 24 sen — Sputnik. Bugungi kunda dunyo olimlari COVID-19ga qarshi yaratayotgan vaktsinalar 5ta asosiy turga boʻlinadi. Vaktsina ishlab chiqarish texnologik platformalar turiga qarab ularning har birining oʻziga xos boʻlgan yutuq va kamchiliklari bor. RIA Novosti xabariga asosan. 

  • Sintetik vaktsinalar
  • Virusga oʻxshash vaktsinalar
  • RNK va DNK-vaktsinalar
  • Vektor vaktsinalari
  • Zaiflashtirilgan tirik va inaktiv vaktsinalar

Vaktsinalarning aksariyati sintetik vaktsinalar boʻlib, ular oʻzining “texnologik xavfsizligi” bilan ajralib turadi. Ularni ishlab chiqarish jarayonida tirik virusdan foydalanilmaydi. Vaktsina tarkibida faqat virusga xos boʻlgan oqsillardan iborat boʻladi. Lekin bunday vaktsina toʻlaqonli immunitet hosil qilishi uchun uni bir necha bor kiritish kerak boʻladi.

Virusga oʻxshash moddalardan tashkil topgan vaktsinalar faqatgina virus oqsilidan iborat boʻladi, lekin ularni ommaviy ravishda ishlab chiqarish – texnologik jihatdan juda qiyin boʻlib, katta moliyaviy xarajatlar talab qiladi.

DNK va RNK vaktsinalarni ishlab chiqarish – nazariy jihatdan eng oson vaktsina yaratish uslubi hisoblanadi. Lekin bugungi kunda genetik moddani hujayra ichiga yetkazib berish texnologiyasi yetarli yaxshi ishlab chiqilmagan. Shu sababli amalda birorta ham nuklein kislotasi asosida ishlab chiqarilgan vaktsina qoʻllanilmaydi.  

Bugungi kunda koʻplab vaktsinalar vektor uslubida ishlab chiqariladi. Bunda virusni vektor genomiga odamda kasallik uygʻotmaydigan boshqa virus oqsili kiritiladi. Bunday vaktsinalarni qoʻllashda inson organizmidagi antitanachalar xalal berishi mumkin. U holda odamga toʻliq immunitet paydo boʻlmaslik ehtimoli bor.

Zaiflashtirilgan tirik va inaktiv virus vaktsinalar – bu vaktsina yaratishning klassik uslubi hisoblanadi va nisbatan uzoq vaqt davomida qoʻllanib kelinmoqda. Inaktivatsiya qilingan preparat uzoq muddatli immunitet paydo boʻlishi uchun uni takroran kiritish talab qilinadi. Zaiflashtirilgan tirik vaktsinalar esa bir marotaba kiritiladi, lekin baʼzi hollarda ular asl holiga qaytishi va odamda kasallik uygʻotishi xavfi saqlanib qoladi.

Eslatib oʻtamiz, Rossiya Sogʻliqni saqlash vazirligi Gamaleya nomidagi NITSEM tomonidan "Sputnik V" nomli dunyoda birinchi vaktsinani avgust oyida roʻyxatdan oʻtkazgan edi. Bir vaqtning oʻzida Rossiyada "Vektor" virusologiya markazi hamda Sankt-Peterburgdagi Chumakov nomili ilmiy markaz vaktsinalari sinovdan oʻtmoqda.

"Sputnik V" - adenovirusning 2ta turli xil vektori asosida ishlab chiqilgan vaktsina hisoblanadi. Emlash ikki bosqichda oʻtkaziladi. Birinchi bosqichda AD26-S vektori kiritiladi. Undan 21 kun oʻtib AD26-S vektori kiritiladi. Stastistik oʻrganishlarga koʻra, ikkinchi bosqichdan soʻng inson organizmida COVID-19ga qarshi mustahkam immunitet paydo boʻladi.

Asosiy mavzular