19:13 21 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Jamiyat
Havola olish
41000

Namangan hokimi Fargʻonaga hokim boʻldi. Farhona hokimi Shuhrat Gʻaniyev esa Bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish boʻyicha oʻrinbosari boʻldi.

TOSHKENT, 25 sen - Sputnik. Bugun Fargʻona viloyatiga yangi hokim tayinlandi, deb xabar qilmoqda mahalliy OAVlar. 

25 sentyabr kuni, Fargʻona shahrida Abdulla Aripov boshchiligida boʻlib oʻtgan yigʻilishda Namangan viloyati hokimi vazifasida ishlab kelgan Xayrulla Bozorov Fargʻona viloyati hokimi etib tayinlandi, - deyilgan xabarda.

Fargʻona viloyati hokimi Shuhrat Gʻaniyev esa bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

Eslatib oʻtamiz, biroz oldin Namangan viloyatiga Xayrulla Bozorov oʻrniga Oʻzbekiston Ekologiya qoʻmitasi rahbari vazifasida ishlab kelgan Shavkat Abdurazzoqov hokim vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlangan edi.

 

Asosiy mavzular