22:47 20 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Jamiyat
Havola olish
147 0 0

28-29 sentyabr kunlari Xalqaro axborotdan umumiy foydalanish kunini nishonlashga bagʻishlangan yuqori darajali onlayn muhokama boʻlib oʻtadi.

TOSHKENT, 27 sen — Sputnik. 28-29 sentyabr kunlari Xalqaro axborotdan umumiy foydalanish kuni (The International Day for Universal Access to Information, IDUAI) ni nishonlashga bagʻishlangan yuqori darajali onlayn muhokama boʻlib oʻtadi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish qoʻmitasi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

“Jonni omon saqlab, ishonchni mustahkamlab, umid bagʻishlab axborot olish” mavzuidagi onlayn muhokamada YUNESKO bosh direktori Odri Azule, Oʻzbekiston bosh vazir oʻrinbosari, YUNESKO ishlari boʻyicha milliy komissiya raisi Aziz Abduhakimov va boshqalar ishtirok etadi.

Tadbir Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti, Xalqaro arxivlar kengashi, BMT Taraqqiyot dasturi, “Twitter” ijtimoiy tarmogʻi, “Ochiq hukumat” hamkorligi tashabbusi, “Transparency International” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi kabi yetakchi tashkilot va tuzilmalarning rahbariyati ishtirokida oʻtkazilmoqda. 

“Shu oʻrinda Oʻzbekiston bu kabi nufuzli forumga taklif qilingan yagona mamlakat ekanini taʼkidlash muhim. Bu Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan shaffoflik va erkin fikrlilikni taʼminlash yoʻlida olib borilayotgan siyosat natijasida  mamlakatimizda roʻy bergan oʻzgarishlar eʼtirofdir”, - deyilgan xabarda.

Asosiy mavzular