13:42 23 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Jamiyat
Havola olish
143 0 0

UzAirways Oktyabr oyida "Qozon - Toshkent" yoʻnalishida haftaga bir necha bor charter parvozlar amalga oshiriladi.

TOSHKENT, 29 sen - Sputnik. Qozon shahridan Oʻzbekiston fuqarolarini oʻz vataniga qaytarish boʻyicha charter parvozlarga biletlar sotish boshlandi deb xabar qilmoqda Uzbekistan Airways.

Parvozlar 1 oktyabrdan quyidagi jadvalga asosan amalga oshiriladi:

Qozon - Toshkent, HY 3650, 11:00 - 16:30. 

Aviakompaniya saytida maʼlum qilinishiga koʻra, parvozlar haftada bir necha marotaba amalga oshiriladi v chipta narxi ekonom klass uchun 344 dollar, biznes klass uchun 554 dollarni tashkil qiladi. 

Eslatib oʻtamiz, bugungi kunda Rossiyanin Moskva va Sankt-Peterburg shaharlaridan Oʻzbekistonga har kuni parvozlar amalga oshirilmoqda. Yoʻlovchilardan COVID-19 kasallanmagani toʻgʻrisida maʼlumotnoma talab qilinadi. Maʼlumotnoma parvozdan 72 soat oldin olingan PZR tashhisi asosida boʻlishi kerak.

 

Asosiy mavzular