22:14 20 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Jamiyat
Havola olish
133 0 0

Odam xotirasidan koʻp narsa chiqib ketishi mumkin, lekin immun tizimi xotirasidan hech qachon hech narsa chiqib ketmaydi. Shu sababli ham koronavirus bilan takroran kasallanish ehtimoli kam - Otabekov.

TOSHKENT, 29 sen – Sputnik. Soʻnggi vaqtlarda aholi orasida koronavirus bilan qaytadan kasallanish mumkinmi degan savol paydo boʻlmoqda. Ushbu savolga Koronavirusga qarshi kurashish shtabi aʼzosi Nurmat Otabekov javob berdi.

Otabekov aytishiga qaraganda, bugungi kunda dunyo miqyosida koronavirusga takroran chalinish holatlari juda kam uchraydi. Uchragan taqdirda ham ular qanday aniqlandigenom darajasida aniq va mukammal tekshirishni talab qiladi.

Lekin insoniyat koronavirus bilan tanishganidan soʻng, salkam bir yil vaqt ichida, kasallikning aniqlangan jihati shuki 10-kunidan boshlab virusga qarshi immunitet paydo boʻla boshlaydi.

“Bugungi kunda aniq aytishimiz mumkinki, kasallikning oʻninchi kunidan boshlab bemorda COVID-19ga qarshi mukammal immun tizimi shakllana boshlaydi. Oʻz tasdigʻini topgan yana bir jihat shuki, kasallikni ogʻirroq boshdan kechirgan insonda shakllangan immun tizimi ancha mustahkamroq boʻladi”, - dedi Otabekov.

COVID-19 yangi kasallik boʻlgani uchun, uni oʻrganish haligacha davom etomoqda. Koronavirusga chalingan kishi biroz vaqt oʻtib ushbu virusning yangi mutatsiyasiga duch kelsa ham, uning immun tizimi unga qarshi kurasha oladi.

“Odam xotirasidan koʻp narsa chiqib ketishi mumkin, lekin immun tizimi xotirasidan hech qachon hech narsa chiqib ketmaydi. Hatto kasallikdan keyin xosil boʻlgan antitanachalar titri kam boʻlsa ham, ular kasallik bilan kurasha oladi”, - deydi shifokor.

Ushbu antitanachalar kasallik bilan kurasha oladi. Demak, odamda COVID-19 ikkinchi marta hatto qayd etilsa ham, u juda yengil kechishi mumkin.

Shuningdek, COVID-19 bir odamda uzoq muddat saqlanib qolish ehtimoli ham yoʻq emas.Shu sababli baʼzi bemorlar qayta kasallandim deb oʻylagan boʻlishi mumkin.

Asosiy mavzular