13:23 23 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Jamiyat
Havola olish
119 0 0

Abxaziya hududida boʻlib turgan 400 ga yaqin Oʻzbekiston fuqarolarining vatanga qaytishda koʻmak berish toʻgʻrisidagi murojaati hal qilinmoqda.

TOSHKENT, 30 sen — Sputnik. Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchixonasi va Rostov-Don shahridagi bosh konsulxonasiga Abxaziya hududida boʻlib turgan 400 ga yaqin Oʻzbekiston fuqarolarining vatanga qaytishda koʻmak berish toʻgʻrisidagi murojaatlari kelib tushdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Maʼlum qilinishicha, ushbu muammoni zudlik bilan hal etish maqsadida Rossiya tomoniga fuqarolarni vatanga qaytarish uchun ularning Rossiya chegarasini kesib oʻtishlariga ruxsat olish yuzasidan yana bir bor tegishli murojaat yuborilgan.

“Yordamga muhtojlardan (ayollar, homiladolar, qariyalar va bolalar) iborat Oʻzbekiston fuqarolarining birinchi guruhini shu yilning oktyabr oyi boshlarida Oʻzbekistonga qaytarish rejalashtirilgan”, - deyilgan xabarda.

Xabarda qolgan fuqarolar Rossiya tomonidan davlat chegarasini tranzit maqsadida kesib oʻtishga ruxsat berilgandan keyin Oʻzbekistonga qaytarilishi qoʻshimcha qilingan.

Asosiy mavzular