20:54 29 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1237)
192 0 0

Hozirda mamlakatda 3088 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 573 nafari ogʻir, 252 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.

TOSHKENT, 4 okt — Sputnik. Oʻzbekistonda oʻtgan tun davomida yana 183 kishida koronavirus aniqlandi. Kasallanganlarning umumiy soni 58 421 nafarga yetdi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi xabar qilmoqda.

Yangi kasallanganlarning 81 nafari Toshkent shahrida, 28 nafari Jizzax viloyatida, 21 nafari Toshkent viloyatida,18 nafari Sirdaryo viloyatida, 16 nafari Qashqadaryo viloyatida,  13 nafari Samarqand viloyatida, 6 nafari Qoraqalpogʻiston Respublikasida fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi. Jami qurbonlar soni 479 nafarga yetdi.

Shu paytga qadar 54854 nafar koronavirus infektsiyasiga chalingan fuqarolar (94 foiz) sogʻaygan.

Hozirda mamlakatda 3088 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 573 nafari ogʻir, 252 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1237)

Asosiy mavzular