21:32 20 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Jamiyat
Havola olish
421 0 0

Surxondaryo viloyatidagi “Darband-Boysun-Elbayon” avtomobil yoʻlining 76 kilometrida joylashgan koʻprikni taʼmirlashga 9,6 mld soʻm sarflanadi.

TOSHKENT, 4 okt — Sputnik. Surxondaryo viloyati Qumqoʻrgʻon tumani hududidan oʻtuvchi, davlat ahamiyatidagi 4r-105 “Darband-Boysun-Elbayon” avtomobil yoʻlining 76 kilometrida joylashgan koʻprikni taʼmirlashga 9,6 mlrd soʻm sarflanadi. Bu haqda Qumqoʻrgʻon tumani 340-yoʻl boʻlimi boshligʻi Husan Rahimov “Sevimli” telekanalining “Zamon” axborot dasturiga bergan intervyusida maʼlum qildi.

Uning soʻzlariga koʻra, koʻprikning bunday ahvolga kelib qolishiga, kuchli sel va tabiiy hodisalar sabab boʻlgan. Koʻprikni litsenziyaga ega boʻlgan “Bahrom Universal” MCHJ qurgan. 

"Hozirgi kunda ushbu koʻprikni qayta rekonstruktsiya, yaʼni taʼmirlash uchun 9,6 milliard soʻm ajratilgan. Ushbu qurilish ishlari Surxondaryo viloyatida yaxshi bir tajriba ega boʻlgan “Xushboq-Ali-Angor” MCHJ quruvchisi tomonidan amalga oshirilyapti. Tabiiy ofatning hisobiga koʻprik mana shunday holatga kelib qolgan”, - dedi Rahimov.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Qumqoʻrgʻon tumani hududidan oʻtuvchi, davlat ahamiyatidagi4r-105 “Darband-Boysun-Elbayon” avtomobil yoʻlining 76 kilometrida joylashgan, uzunligi 66 metr boʻlgan “Polvontosh” selgasi ustidagi koʻprikning oraliq tayanch ustunlari 1 metrga choʻkishi va ustki plitalari qulashi natijasida 1 yilu 7 oy oʻtib koʻprik yaroqsiz holatga kelib qolgani xabar qilingan edi.

Oʻzbekiston janubida yangi qurilgan koʻprik quladi

Viloyat prokuraturasi  pudratchi korxona tomonidan ushbu koʻprik qurilish jarayonida 34 mln. soʻmlik ishlar bajarilmagani maʼlum qilgan edi.

Ushbu holat yuzasidan Termiz transport prokuraturasi tomonidan oldinroq tekshirish oʻtkazish boshlangan, lekin pandemiya vaqtida kiritilgan cheklovlar tufayli 18 iyun kuni kuni jinoyat ishi bekor qilingan edi.  Ushbu qaror 29 sentyabrda Transport prokurori tomonidan bekor qilinib, hozirgi kunda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Asosiy mavzular