08:23 22 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Jamiyat
Havola olish
49010

Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish qoidalariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritiladi.

TOSHKENT, 6 okt — Sputnik. Ichki ishlar vazirligi Vazirlar Mahkamasining “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish qoidalariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarori loyihasini umumiy muhokamaga qoʻydi.

Loyihada Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish nazarda tutilgan. Jumladan, transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini  majburiy sugʻurta qilish qoidalarning 2-bandida Yoʻl-transport xodisasi haqidagi bildirishnoma tushunchasiga taʼrif berilgan.

“Yoʻl-transport hodisasi haqidagi bildirishnoma – sugʻurtalovchi tomonidan beriladigan, yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlganligi haqida sugʻurtalovchiga xabar berish uchun moʻljallangan, yoʻl-transport hodisasida ishtirok etgan haydovchilar tomonidan toʻldiriladigan blank”, - deyilgan hujjatda.

Qoidalarning 11, 34, 341 37 va 38-bandlari yoʻl-transport xodisani huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimi ishtirokisiz rasmiylashtirishga oid qoidalar bilan toʻldiriladi.

Xabarnoma blankasini tuzish orqali yoʻl-transport hodisasi toʻgʻrisida hujjatlarni huquqni muhofaza qilish organlari xodimi ishtirokisiz rasmiylashtirish tartibini belgilash maqsadida Qoidalar V1 bob bilan toʻldiriladi.

Shuningdek, yoʻl-transport xodisasi haqidagi bildirishnoma blankasi namunasi qoidalarga ilova boʻlib kiritiladi.

“Yoʻl-transport hodisasi haqidagi bildirishnomani (Yevroprotokol) amaliyotga joriy etilishi munosabati bilan birinchi navbatda yoʻl harakati xavfsizligi xodimlari va haydovchilar oʻrtasidagi bevosita muloqotni amalga oshirishda “inson omili”ga va ortiqcha qogʻozbozchilikka chek qoʻyiladi va fuqarolarning ortiqcha sarsongarchiliklar oldi olinadi.

Har bir sodir etilgan yoʻl-transport hodisasini rasmiylashtirish uchun yoʻl-patrul xizmati inspektorlarining oʻrtacha 2-3 soat vaqtini tejalishi orqali tan jarohati bilan bogʻliq YTHlar bilan bogʻliq ishlarni koʻrib chiqish sifat darajasini oshirish, shuningdek, avtomobil yoʻllardagi tirbandliklarni oldini olishda samara beradi”, - deyilgan hujjatda.

Asosiy mavzular