12:34 25 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Jamiyat
Havola olish
441 0 0

Avvalroq Oʻzbekiston 6 oktyabrdan Qirgʻiziston va uchinchi davlatlar fuqarolarining respublikaga kirishiga cheklov joriy etgani haqida xabar paydo boʻlgandi.

TOSHKENT, 6 okt — Sputnik. Qirgʻiziston fuqarolari Oʻzbekiston bilan chegarani erkin kesib oʻtishlari mumkin, uchinchi mamlakat fuqarolari uchun cheklovlar koronavirus pandemiyasi munosabati bilan karantin rejimi tufayli saqlab qolingan. Bu haqda Oʻzbekiston DXX Chegara qoʻshinlari vakili maʼlum qildi.

Avvalroq Sputnik Qirgʻiziston nashri Qirgʻiziston Davlat chegara xizmati matbuot xizmati tayangan holda Oʻzbekiston 6 oktyabrdan Qirgʻiziston va uchinchi davlatlar fuqarolarining respublikaga kirishiga  cheklov joriy etganini haqida xabar qilgan edi.

“Chegara qoʻshinlarimiz chizigʻi boʻyicha Qirgʻiziston aholisi uchun hech qanday cheklov joriy etilmagan”, - dedi Chegara qoʻshinlari vakili RIA Novosti bilan suhbatda.

U Oʻzbekiston fuqarolari ham monesiz Qirgʻizistonga kirishlari mumkinligiga aniqlik kiritdi.

Agentlik suhbatdoshi 1 sentyabrdan boshlab oʻzbek-qirgʻiz chegarasida karantin tufayli yopilgan oʻtkazish punktlari yana ishini qayta tiklaganini eslatib oʻtdi.

“Uchinchi mamlakat fuqarolari uchun cheklovlar hozircha saqlanib qolinmoqda”, - deya qoʻshimcha qildi idora vakili.

5 oktyabr kuni Bishkekning markaziy Ala-Too maydonida respublika parlamentiga oʻta olmagan partiyalar tarafdorlarining norozilik namoyishlari boshlandi. Oʻsha kuni kechqurun mitingni tarqatishga urinish vaqtida norozilik aktsiyasi namoyishchilari va kuch tuzilmalari oʻrtasida toʻqnashuvlar boshlandi. Mamlakat sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlumotlariga koʻra, toʻqnashuvlarda 590 kishi jabrlandi. Bir nafari halok boʻlgan.

6 oktyabr kuni Qirgʻiziston MSK saylov natijalarini haqiqiy emas deb topdi.

Asosiy mavzular