12:45 25 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1228)
768 0 0

Sutka davomida 265 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 59 343 nafarni tashkil qilmoqda.

TOSHKENT, 6 okt — Sputnik. Sputnik Oʻzbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat toʻgʻrisida asosiy xabarlarni toʻpladi.

Bir sutka davomida 265 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 59 343  nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 96 nafari Toshkent shahrida, 30 nafari Namangan viloyatida, 20 nafari Toshkent viloyatida tana harorati koʻtarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sogʻayish koʻrsatkichi

Bugunning oʻzida 307 nafar bemor tuzaldi. Respublika boʻylab jami sogʻayganlar soni 56 058 nafarga yetdi. Sogʻayish koʻrsatkichi 94 foiz.

Ayni paytda 2 796 nafar bemorga belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.

Oʻlim holatlari

Kun davomida koronavirusga chalingan 2 nafar bemor vafot etdi.

Oʻzbekistonda jami 489 kishi pandemiya qurboni boʻldi.

Alohida shifoxonalar

Kuzatuvlarga koʻra, koronavirus kasalligidan keyin baʼzi shaxslarda ancha vaqtgacha u yoki bu klinik belgilar saqlanib qolayapdi. Kun tartibida turgan mazkur oʻta jiddiy masala mutasaddilar diqqat markazida boʻlib, koronavirus kasalligiga chalingan va yondosh kasalliklari boʻlgan shaxslar uchun alohida shifoxonalarni ajratish, kasallik ogʻir va oʻrta ogʻir kechgan shaxslar uchun reabilitatsiya markazlarini ochish, hozirning oʻzida bir necha shifoxonalarni aynan faoliyatning shu turi bilan shugʻullanishga oʻtkazish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi koronavirusga qarshi kurash shtabi aʼzosi Nurmat Otabekov maʼlum qildi.

Soʻnggi paytlarda tibbiyot xodimlarining ommaviy axborot vositalaridagi chiqishlarida koʻp ishlatilayotgan “mikst-infektsiya” iborasining mazmuniga izoh berildi.

“Mikst-infektsiya” degani, bir paytning oʻzida ikkita infektsiya, misol uchun, koronavirus + gripp, koronavirus + qizamiq, koronavirus + paragripp, koronavirus + oʻtkir respirator kasalliklar deganidir, – deydi N.Otabekov. – Havo tomchisi infektsiyalari avj oladigan mavsus yaqin. Shu bois, bu kabi holatlar kuzatilishi tabiiy.

Dunyo salomatligi

Dunyo boʻylab infektsiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 35,7 milliondan oshdi, 1 milliondan ortiq  kishi vafot etdi, 26,9 million kishi tuzaldi. Eng koʻp holatlar AQShda (7,7 mln), Hindistonda (6,7 mln), Braziliyada (4,9 mln).

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1228)

Asosiy mavzular