Bu yilgi “superkontrakt” miqdori tasdiqlandi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNatsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning minimal miqdorlari (superkontrakt) tasdiqlandi.

TOShKENT, 8 okt — Sputnik. O‘zbekistonda 2020/2021 o‘quv yili uchun tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorlari tasdiqlandi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Rabota priyemnoy komissii MFTI - Sputnik O‘zbekiston
Talabalikka tavsiya etilganlar OTMga qaysi hujjatlarni taqdim etishi zarur

Qayd etilishicha, mazkur miqdorlar joriy yil kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra to‘plagan ballari tasdiqlangan qabul parametrlari chegarasiga 4 balldan ortiq yetmagan va Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadigan minimal ball (56,7 ball)dan kam bo‘lmagan holda qo‘shimcha ravishda o‘qish istagini bildirgan abituriyentlarga birinchi o‘quv yili uchun qo‘llaniladi.

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorlari ushbu ta’lim shakli uchun belgilangan stipendiyasiz bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorlariga 10 foizli chegirma qo‘llangan holda hisoblanadi.

Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning eng yirik miqdori yurisprudensiya yo‘nalishi (25 baravar), sog‘liqni saqlash ta’limi sohasidagi qator yo‘nalishlar (17 baravar), eng kami esa 8 baravarni tashkil qilgan.

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning minimal miqdorlari bilan to‘liq quyida tanishish mumkin.

Yangiliklar lentasi
0