23:42 26 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Jamiyat
Havola olish
339 0 0

Rossiya xorijda rus tili bilish darajasini oshirishga qaratilgan (Chet eldagi rus oʻqituvchisi) gumanitar loyihasini kengaytirmoqda.

TOSHKENT, 11 okt — Sputnik. Toshkentda Rossiya maorif vazirligi, Oʻzbekiston Xalq taʼlimi vazirligi hamda Alisher Usmonovning “Sanʼat, fan va sport” xayriya jamgʻarmasi hamkorlikda “Zoʻr!” (“Klass”) gumanitar loyiha va tayanch dasturi toʻgʻrisida memorandum imzoladi. Loyiha 2030 yilgacha moʻljallangan. Bu haqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri xabar qilmoqda.

Podpisaniye memoranduma
© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Podpisaniye memoranduma

Rossiya maorif vazirining birinchi oʻrinbosari Dmitriy Glushko bu ikki mamlakat uchun razmiy maʼnoga ega ekanlinini taʼkidladi.

“Taʼlim sohasida oʻzbekistonlik hamkasblarimiz bilan rus tilini oʻrganish masalalariga eʼtibor qaratgan holda, oʻzaro hamkorlikni davom ettiramiz. Ishonchim komilki, rus metodistlari yuqori darajadagi ishlarni namoyish etishadi, natijada Oʻzbekistondagi oʻqituvchi va maktab oʻquvchilari oʻrtasida rus tilini bilish darajasi oshadi. Shuningdek, Alisher Usmonov xayriya jamgʻarmasiga samarali hamkorlik va "Zoʻr!" loyihasini amalga oshirishga qoʻshilganligi uchun alohida minnatdorchiligimizni bildiramiz”, - dedi u.

“Zoʻr!” (“Klass”) gumanitar loyihasini Rossiya maorif vazirligi va Oʻzbekiston Xalq taʼlimi vazirligi 5 mln dollar sarmoya kiritgan Alisher Usmonovning “Sanʼat, fan va sport” xayriya jamgʻarmasi koʻmagida amalga oshiradi.

Loyihaning ilk bosqichida 32 nafar rus metodistlari mahalliy maktablar oʻqituvchilari va oʻquvchilari oʻrtasida rus tilini bilish darajasini nazorat qilish uchun Oʻzbekistonga yetib keldi. Rossiyalik mutaxassislar Oʻzbekistonda rus tilini oʻqitish sifatini baholaydi hamda hamkasblariga tilni oʻqitish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqadi.

2021 yilda 100 nafar rossiyalik mutaxassis respublikaga mamlakatimizga kelishi rejalashtirilgan. Oʻzbekistonga yoʻnaltirilgan mutaxassislar soni har yili 100 nafarga koʻpayadi. Dasturning barcha bosqichlari 30 mingga yaqin oʻzbekistonlik oʻqituvchilarni qamrab oladi.

“Uzoq hududlarga borish shart emas, masalan, Toshkentn chekkasidagi maktablarda ham rus tilini oʻqitishda ahvollarimiz zoʻr deb aytish qiyin. Lekin 10 mingta maktabda uchtadan boʻlsa ham 30 ming rus pedagogining hammasining malakasini oshirishimiz kerak va ularga yangi metodika va yangi qoʻllanmalar bilan yordam berishimiz kerak. Bu haqda gaplashib oldik”, - dedi Xalq talimi vaziri Sherzod Shermatov.

“Sanʼat, fan va sport” jamgʻarmasi direktorining birinchi oʻrinbosari Fatima Muxomedjan jamgʻarma uchun bunday strategik muhim loyihaning hamkori boʻlish sharaf ekanini maʼlum qildi.

“Zoʻr” loyihasining amalga oshirilishi Rossiya va Oʻzbekiston oʻqituvchilari oʻrtasida mustahkam aloqalarni shakllantirishga, pedagogik yondashuvlarni yaqinlashtirishga va Rossiya-Oʻzbekiston hamkorligini yanada kengaytirish uchun shart-sharoitlarni yaratishga yordam berishi kutilmoqda.

Asosiy mavzular