09:58 22 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Jamiyat
Havola olish
34210

Oʻtgan haftada Oʻzbekiston aholisi mintaqaga Ural hududidan kirgan sovuq oqim taʼsirini his qildilar. Mamlakat hududining katta qismida harorat iqlimiy meʼyorlardan 4-7 darajaga past boʻldi.

TOSHKENT, 12 okt — Sputnik. Oʻzgidromet haftalik ob-havo maʼlumotini taqdim etdi.

Xabarda yozilishicha, bugun sovuq havo respublika hududidan chekina boshladi. Harorat kunduzi 19-22 darajagacha koʻtarilsada, bu hali hamon meʼyordan 2-3 darajaga pastdir.

Ish haftasi davomida Oʻzbekiston hududiga xorijiy janubdan quruq va issiq havo oqimi kirishni boshlaydi.

Butun respublika boʻyicha ob-havo kam bulutli va yogʻingarchiliksiz boʻladi.

Harorat  koʻtarilib borib, kechasi 7-10 daraja, kunduzi 22-25 daraja issiq boʻladi, bu iqlimiy meʼyorlardan 2-4 darajaga yuqoridir.

Asosiy mavzular