12:50 25 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Jamiyat
Havola olish
247 0 0

Qarzdor Toʻrayev 2014 yil 4 maydan boshlab aliment toʻlashi belgilangan, ammo erkak 5 nafar farzandlari oldidagi burchini bajarish oʻrniga, Rossiyaga qochib ketgan

TOSHKENT, 14 okt - Sputnik. Olti yilda xorijdan qaytgan Yozyovonlik ota 5 nafar farzandi uchun sudda qariyb 24 million soʻm aliment pulini toʻladi, deb xabar qilmoqda Majburiy ijro byurosi Fargʻona viloyat boshqarmasi axborot xizmati.

Xabarda aytilishicha, MIBda Margʻilon tumanlararo sudi qarzdor Umidjon Toʻrayev undiruvchi Raximaxon Xakimova foydasiga besh nafar voyaga yetmagan farzandlari taʼminoti uchun aliment undirish haqida ijro hujjati mavjud.

Sud buyrugʻida qarzdor Toʻrayev 2014 yil 4 maydan boshlab aliment toʻlashi belgilangan boʻlsada, ota 5 nafar farzandlari oldidagi burchini bajarish oʻrniga Rossiya davlatiga ishlash uchun qochib ketgan.

Sobiq sud ijrochilarining tuman boʻlimi tomonidan U.Toʻrayevning Oʻzbekiston hududidan chetga chiqish huquqlari "Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida"gi Qonunning  421-moddasiga  cheklab qoʻyilgan.

Xorijdan 6 yil oʻtib uyga qaytgan Toʻrayev haqidagi xabar Byuro tuman boʻlimiga yetib borgach, 2014 yil 4 maydan 2020 yil oktyabr oyiga qadar hisoblangan 23 mln 835 ming 342 soʻm aliment qarzdorligini undirish uchun  boʻlimga taklif etilgan.

Qarzdor Toʻrayevga bolalarini moddiy taʼminlashdan boʻyin tovlasa, 15 sutkaga qamalishi mumkinligi haqidagi qonun talabi tushuntirilganida, davlat ijrochisining ushbu gaplariga "qoʻlingdan kelganini qil" mazmunida javob qaytargan.

Shundan soʻng, unga nisbatan toʻplangan maʼmuriy ish  hujjatlari Yozyovon tuman maʼmuriy sudiga taqdim etilgan va 6 oktyabr kuni sudda ishni koʻrib chiqish chogʻida 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlanishi naqd ekanligini tushungan Toʻrayev sud zalining oʻzida 24 mln soʻm aliment pulini R.Xakimovaga toʻliq sanab topshirgan. 

Sud maʼmuriy ishni Oʻzbekiston MJtKning 271-moddasi 10-bandiga asosan tugatgan.

Asosiy mavzular