Aliyev Qorabog‘da yollanma jangarilar yo‘qligini rasman xabar qildi

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishPrezident Azerbaydjana Ilxam Aliyev
Prezident Azerbaydjana Ilxam Aliyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ozarbayjon prezidenti Aliyev Qorabog‘da yollanma jangchilar yo‘qligini ta’kidladi va bosib olingan yerlarni ozod qilish uchun Ozarbayjonning 100 minglik armiyasining kuchi yetishini ma’lum qildi.

TOShKENT, 15 okt — Sputnik. Ilhom Aliyev Ozarbayjon Qorabog‘da yollanma jangchilardan foydalanmayotganini rasman ma’lum qildi, RIA Novosti xabariga asosan. 

"Bizda jangarilar yo‘q. Bu bizning rasmiy bayonotimiz. To‘qnashuvlar boshlanganiga 2 haftadan oshdi, hech bir mamlakat bizga bu borada birorta ham dalil keltira olmadi. Bizga jangarilarning keragi ham yo‘q. Bizda 100 mingdan ortiq askarga ega bo‘lgan o‘z armiyamiz bor. Bugungi jang maydonidagi harakatlarimiz, biz o‘z yerlarimizni o‘zimiz ozod qilishga kuchimiz yetishini ko‘rsatmoqda", - dedi Aliyev France 24 telekanaliga.

Prezident Aliyev ushbu bayonotni Fransiya yetakchisi Emmanuel Makronning Turkiya Bokuga 300 nafar jangarilarni olib kelgani haqidagi xabarlaridan so‘ng berdi va Fransiya prezidentidan noto‘g‘ri ma’lumot uchun kechirim so‘rashni talab qildi. 

Eslatib o‘tamiz, Tog‘li qorabog‘da janglar 27-sentabr kuni boshlangan edi. Armanistoan va Ozarbayjon bir-birlarini harbiy harakatlarni boshlashda ayblashmoqda. Turkiya prezidenti Toyyib Erdo‘g‘on, kerak bo‘lsa Ozarbayjonni qo‘llab quvvatlashga tayyor ekanini bildirgan edi. 

Armaniston tomon Ozarbayjonni bir necha bor Turkiya havo kuchlari va yollanma jangarilaridan foydalanishda aybladi. Rossiya Tashqi razvedka boshqarmasi rahbari Sergey Narishkin ham Suriyadan Tog‘li qorabog‘ huudiga bir necha minglab jangarilar yuborilgani haqida ma’lumotlar borligini xabar qilgan edi. 

 

Yangiliklar lentasi
0