03:48 29 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Jamiyat
Havola olish
45520

Fotosurat yordamida kishini qidirgandan birdaniga bir necha ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarni topish mumkin, deydi ekspert.

TOSHKENT, 15 okt — Sputnik. Axborot texnologiyalari sohasida faoliyat yurituvchi "Intellektualnыy Rezerv" kompaniyasi direktori Pavel Myasoyedov "Praym" agentligiga bir kishi haqida barcha ijtimoiy tarmoqlardagi maʼlumotlarni qanday topish mumkinligini xabar qildi. 

Myasoyedov aytishiga qaraganda buning uchun unchalik koʻp maʼlumot kerak boʻlmaydi: ismi, sharifi, tugʻilgan sanasi, shahar kerak boʻladi. Rasm bulsa bu ish ancha osonlashadi. 

"Agar fotosurat boʻlsa, rasmlar boʻyicha qidirish xizmatidan foydalanish mumkin, masalan Googleda shunaqa xizmat bor.  Odatda, odamlar oʻzlari chiroyli tushgan suratlardan bir necha ijtimoiy tarmoqlarda foydalanishadi - qayerdadir avatarkada, qayerdadir fotosuratlar boʻlgan papkada", - deydi ekspert. 

Fotosurat orqali qidirgandan birdaniga bir necha ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarni topish mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlar soʻnggi yillarda oʻta ommalashib ketgan. Fotokamerali smartfonlar paydo boʻlganidan soʻng ijtimoiy tarmoqlar oʻziga xos OAV, kundalik, xullas oʻz egasi haqida juda koʻpa narsa aytib berishi mumkin boʻlgan ulkan platformaga aylandi. Facebook va boshqa ayrim tarmoqla hatto vafot etgan kishilar ijtimoiy tarmoqlarini u kishining yaqinlari uchun meʼros sifatida saqlab qolish takliflarini bildirmoqda. 

Asosiy mavzular