21:54 29 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Jamiyat
Havola olish
259 0 0

Tajriba Fargʻona viloyatidan boshlanadi. Fotosuratga olingan niqobsiz fuqaroning shaxsi maxsus baza orqali aniqlanadi.

TOSHKENT, 15 okt — Sputnik. Fargʻona viloyatida 17 oktyabrdan zamonaviy innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda niqob taqmagan qoidabuzarlar aniqlanadi. Bu haqda viloyati IIB matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Taʼkidlanishicha, Oʻzbekistonda ilk marotaba jamoat joylarida karantin qoidalariga amal qilmay, niqobsiz harakatlangan fuqarolarni video, fotofiksatsiya vositalari orqali aniqlash amaliyoti yoʻlga qoʻyilmoqda.

Fotosuratga olingan niqobsiz fuqaroning shaxsi maxsus baza orqali aniqlanib, IIO va davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi xodimlari tomonidan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtiriladi. Ushbu bayonnoma fuqaroning yashash xonadoniga pochta orqali yuboriladi. 

COVID-19 dan himoyalanishdagi “eng xavfli predmet” aytildi

Eslatib oʻtamiz, mamlakatda 25 martdan jamoat joylarida niqobsiz yurish taqiqlangan. Ushbu harakatni sodir etgan shaxs 1 mln 115 ming soʻm miqdorda jarimaga tortilishi mumkin.

Teglar:
niqob, koronavirus, Fargʻona, Oʻzbekiston

Asosiy mavzular