06:15 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1279)
88310

Rossiyalik pulmonolog Puryasevning soʻzlariga koʻra, koronavirus infektsiyasini yuqtirgan kishi koʻplab asoratlarga duch kelishi mumkin: buyrak, ichak va asab tizimi azob chekadi.

TOSHKENT, 19 okt — Sputnik. Yangi koronavirus infektsiyasini yuqtirgan kishi koʻplab asoratlarga duch kelishi mumkin: buyrak, ichak va asab tizimi azob chekadi, deb xabar beradi RBK pulmonolog Sergey Puryasevga asosan.

© Sputnik / Migel Kandela

Avvalroq London universiteti kolleji va Qirollik milliy gospitali olimlari COVID-19  kasalligining alomatlaridan biri sifatida quloqlarda shovqin va jaranglashdan shikoyat
- tinnitusni taʼkidlashdi. Mutaxassislarning fikriga koʻra, qator davlatlarda koronavirusga chalingan bemorlarda eshitish qobiliyatini yoʻqotish holatlari qayd etilgan.

"Eshitish qobiliyatining buzilishi eshitish asab nevriti bilan bogʻliq. Dastlab u quloqlarda shovqin sifatida namoyon boʻladi va keyinchalik eshitish nervining parez va falaji boʻlishi mumkin, odam eshitish qobiliyatini yoʻqotishi mumkin", - deydi Sergey Puryasev.

Bundan tashqari, bemorlarda impotentsiya va prostatit paydo boʻlishi, shuningdek, baʼzi hollarda koʻrish qobiliyatini yoʻqotishi mumkin, deb taʼkidladi vrach.

Shu bilan birga, RUDN universiteti yuqumli kasalliklar kafedrasi dotsenti Sergey Voznesenskiy COVID-19ning eshitish qobiliyatini yoʻqotish kabi alomati haqida bilmasligini aytdi. Uning soʻzlariga koʻra, koronavirus infektsiyasi yoki oʻtkir respiratorli infektsiyalar belgilari bilan, yoki nafas olish yetishmovchiligi va katta yoshdagilarda oʻtkir respirator distress-sindromi rivojlanishi bilan sodir boʻlishi mumkin.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1279)

Asosiy mavzular