16:20 04 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38
Jamiyat
Havola olish
50 0 0

Oʻzbekistonda 2021 yilda buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi keng nishonlanadi.

TOSHKENT, 20 okt — Sputnik. “Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligini keng nishonlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston prezidenti qarori qabul qilindi.

Qarorga koʻra:

  • A.Navoiyning ijodiy merosini chuqur oʻrganish va ommalashtirishga ulkan hissa qoʻshgan mamlakat va xorijiy davlatlar fuqarolarini hamda ilmiy-ijodiy muassasalarini taqdirlash maqsadida Alisher Navoiy ordeni taʼsis etiladi;
  • xorijiy davlatlarda saqlanayotgan A.Navoiy qalamiga mansub va u yashagan davrga oid qoʻlyozmalarning faksimile nusxalarini mamlakatimizga olib kelish choralari koʻriladi;
  • 2020-2021 yillar davomida A.Navoiyning qoʻlyozmalari asosida shoir asarlarining mukammal ilmiy nashri yaratiladi;
  • A.Navoiy hayoti va ijodiy merosini tadqiq etish boʻyicha ilmiy tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi talablariga muvofiq ilmiy loyihalar tanlovi eʼlon qilinadi;

2021 yil oxiriga qadar Oʻzbekiston Milliy kutubxonasida A.Navoiy asarlari hamda navoiyshunoslik fani boʻyicha amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlarning elektron platformasi yaratiladi.

Alisher Navoiy asarlarini uzluksiz oʻqitish kontseptsiyasi ishlab chiqiladi hamda 2021/2022 oʻquv yilidan barcha taʼlim muassasalarida shu asosda oʻqitish yoʻlga qoʻyiladi.

2021 yilda Toshkent shahrida Alisher Navoiy nomidagi ijod maktabi tashkil etiladi.

2021 yil noyabr oyining birinchi oʻn kunligida Navoiy shahrida “Alisher Navoiy ijodiy merosining bashariyat maʼnaviy-maʼrifiy taraqqiyotidagi oʻrni” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya tashkil etiladi. “Alisher Navoiy nomidagi xalqaro jamoat fondini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Prezident qarori loyihasi ishlab chiqiladi.

Asosiy mavzular