01:18 04 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38
Jamiyat
Havola olish
108 0 0

Taʼkidlanishicha, 16 yoshli bolalarda hali “Men” degan fikr soʻnmagan boʻlishi, doʻstlariga avtomobilini maqtanish uchun yoʻl harakati qoidalariga qarshi harakat qilishi mumkin. Bu esa fojiali oqibatlarga sabab boʻlishi mumkin.

TOSHKENT, 21 okt — Sputnik. IIV YHXBB “Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portaliga joylashtirilgan “Oʻzbekistonda 16 yoshdan avtomobil boshqarishga ruxsat berish haqidagi” taklif yuzasidan munosabat bildirdi.

Taʼkidlanishicha, mamlakatda haydovchilik guvohnomasi olish uchun bir qancha talablar belgilangan. Tasdiqlangan nizomda “A” toifadagi mototransport vositasini boshqarish huquqiga ega boʻlish uchun 16 yoshga, “V” va “VS” toifaga ega boʻlish uchun 18 yoshga hamda “D” toifaga ega boʻlish uchun esa 21 yoshga (jumladan tramvay va trolleybuslar) toʻlgan shaxslarga ruxsat etiladi.

Oʻzbekistonda soʻnggi 9 oyda 1293 kishi YTH oqibatida halok boʻldi

Ushbu normalar qaror loyihalari ishlab chiqilish jarayonida xorijiy davlatlarning tajribalari oʻrganilib kiritilgan va bu talablar Yoʻl harakati toʻgʻrisidagi (1968 yildagi Vena Konventsiyasi) Konventsiya normalariga mosdir.

YHXBB taklif yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilgan:

  • 16 yoshli bola hali maktab yoki kasb-hunar kolleji oʻquvchisidir. Aynan ushbu yoshdagi bolalar oʻqishini davom ettirishi, boshqa ishlar bilan chalgʻimasligi, jamiyat uchun foyda keltiradigan bilimli insonlar boʻlib ulgʻayishlari zarur.
  • 16 yoshli bolalarda tirishqoqlik, izlanuvchanlik bilan birga maqtanchoqlik, oliftalik kabi hislatlar ham eng avjiga chiqqan vaqt hisoblanadi. Bu yoshdagi bolalarning transport vositasini oʻzboshimchalik bilan boshqarishi salbiy oqibatlar bilan yakun topganligi holatlari uchramoqda.
  • 16 yoshli bolalarda hali “Men” degan fikr soʻnmagan boʻlishi, maqtanishni, “oliftalikni” yaxshi koʻrishi, buning oqibatida esa yoʻl harakati qoidalariga amal qilmaslik, mensimaslik yoki qasddan tengdoshlariga, doʻstlariga avtomobilini maqtanish uchun yoʻl harakati qoidalariga qarshi harakat qilishi mumkin. Bu esa fojiali oqibatlarga sabab boʻlishi mumkin.

Shuningdek, boshqarma mamlakat avtomobil yoʻllarida 18 yoshga toʻlgan oʻgʻil-qizlar tomonidan haydovchilik guvohnomasini olib, YTH sodir qilayotganlar ham kam emasligini qayd etgan.

Soʻrov

Oʻzbekistonda 16 yoshdan mashina haydashga ruxsat berish kerakmi?
  • Ruxsat berish vaqti allaqachon kelgan. Bu yuqori sinf oʻquvchilariga yordam beradi
    7.8% (44)
  • Qarshiligim yoʻq, lekin haydovchilik guvohnomasini olishni qiyinlashtirish kerak
    8.6% (49)
  • Qatʼiyan qarshiman, Oʻzbekistonda shundoq ham yoʻllarda YTH koʻp
    82.5% (468)
  • Menga farqi yoʻq, men avtomobil haydamayman
    1.1% (6)
Ovoz berishdi: 567

Rasmiy raqamlarga koʻra, joriy yilning oʻtgan 9 oyi davomida haydovchilik guvohnomasini olganiga 2 yil boʻlmagan haydovchilar tomonidan 612 ta YTH sodir etilgan. Ularning oqibatida 191 kishi hayotdan bevaqt koʻz yumgan, yana 571 kishi turli darajadagi tan jarohatlari olgan.

“Yoʻl-transport hodisalarining oldini olishda haydovchining yoʻl harakati qoidalarini oʻzlashtirganligi, tajribasi, yoshi va madaniyati juda muhim oʻrin tutadi”, - deyilgan xabarda.

YHXBB 16 yoshdan haydovchilik guvohnomasini berish tartibi joriy qilingan xorijiy davlatlar oʻrganib chiqilganini maʼlum qilgan.

Jizzaxda sinfdosh qizlarni mashinada sayr qildirmoqchi boʻlgan oʻquvchi YTHga uchradi

Misol uchun: Shvetsiya, Frantsiya, Avstriya, Estoniya, Norvegiya va ayrim Yevropa davlatlarida xuddi bizning normativ hujjatlarda belgilanganidek 16 yoshda uncha katta boʻlmagan mototsikllarni, 18 yoshda avtotransport vositasini boshqarishga ruxsat etiladi.

Asosiy mavzular