14:34 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
119 0 0

Ushbu oʻquv yilidan boshlab toʻlov kontrakt asosida oʻqishga qabul qilingan talabalar oʻqish pulini 4 qismga boʻlib toʻlashlari mumkin.

TOSHKENT, 23 okt – Sputnik. Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasalarida 2020-21 oʻquv yilidan boshlab toʻlov-kontrakt pulini oʻquv yili davomida 4ta teng boʻlakka boʻlib toʻlashi mumkin. Bu haqida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi xabar qilmoqda.

Kontrakt pulini toʻlash uchun quyidagi muddatlar belgilangan:

  • kamida 25 % - 15 sentyabrgacha, ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalar uchun 1 oktyabrgacha. Yoki OTM rahbariyati tomonidan uzaytirilgan muddatgacha;
  • kamida 50 % - 1 yanvargacha, 75 foizi - 1 aprelgacha va 100 foizi - 1 iyulgacha yoki oliy taʼlim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan uzaytirilgan muddatlargacha;

Xorijiy fuqarolar uchun toʻlov muddati oliy taʼlim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan alohida belgilanishi  mumkin.

Shuningdek, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida qabul qilingan abituriyentlar  oʻquv yilining birinchi yarmi uchun toʻlovlarni amalga oshirish muddati va miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi tomonidan va qolgan qismi oliy taʼlim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan belgilangan muddatlargacha amalga oshiriladi.

Asosiy mavzular