05:43 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1279)
184 0 0

Tun davomida eng koʻp COVID-19 bilan kasallanish Namangan viloyati va Toshkent shahrida qayd etilgan. Oʻlim holati kuzatilmagan.

TOSHKENT, 25 okt — Sputnik. Oʻtgan tun davomida Oʻzbekistonda yana 98 kishida koronavirus aniqlandi. Jami bemorlar soni 65 200 nafarga yetdi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Yangi kasallanganlarning 8 nafari Qoraqalpogʻiston Respublikasida, 13 nafari Andijon viloyatida, 9 nafari Jizzax viloyatida, 5 nafari Navoiy viloyatida, 10 nafari Qashqadaryo viloyatida, 19 nafari Namangan viloyatida, 13 nafari Sirdaryo viloyatida, 4 nafari Toshkent viloyatida, 17 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu paytga qadar 62 342 nafar koronavirus infektsiyasiga chalingan fuqarolar tuzalgan va sogʻayish koʻrsatkichi 95 foizga yetgan.

Oʻlim holati kuzatilmagan. Jami qurbonlar soni 545 nafarligicha qolmoqda.

Hozirda mamlakatda 2 311 nafar bemor davolanmoqda.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1279)
Teglar:
Oʻzbekiston, koronavirus

Asosiy mavzular