TDTU hududida zamonaviy o‘quv-amaliy kompleksi barpo etiladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaMirziyoyev oznakomilsya s proyektami v sfere stroitelstva
Mirziyoyev oznakomilsya s proyektami v sfere stroitelstva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rejalashtirilayotgan majmua ham shu hududdagi TDTU, O‘zMU hamda Turin politexnika universitetidagi jami 36 ming talaba, 2 mingdan ziyod professor-o‘qituvchilar uchun shunday markaz bo‘lishi ko‘zda tutilmoqda.

TOShKENT, 27 okt — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev qurilish sohasidagi loyihalar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Loyihalardan biri Toshkent davlat texnika universiteti hududida zamonaviy o‘quv-amaliy kompleksi barpo etishga qaratilgan.

Vizit Shavkata Mirziyoyeva v Sirdarinskuyu oblast  - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev aholi zich hududlarda quriladigan 5 qavatli arzon uylar loyihasini ma’qulladi

Rejalashtirilayotgan majmua ham shu hududdagi Toshkent davlat texnika universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti hamda Turin politexnika universitetidagi jami 36 ming talaba, 2 mingdan ziyod professor-o‘qituvchilar uchun shunday markaz bo‘lishi ko‘zda tutilmoqda. Bu yerda bir paytda 500 ta startap rezidentlari, 120 ta ishlab chiqarish korxonasini joylashtirish mumkin bo‘ladi.

Shuningdek, davlat rahbari Nukus shahrining istiqboldagi zamonaviy markazini barpo etish loyihasi bilan tanishdi. 

Prezident ushbu loyihalar bilan tanishib, ularni takomillashtirish bo‘yicha qator ko‘rsatmalar berdi.

Yangiliklar lentasi
0