18:52 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
106 0 0

Oʻzbekistonda beshta OTM tanlab olinib, nufuzli xorijiy OTMlar bilan hamkorlikda transformatsiya qilinadi.

TOSHKENT, 28 okt – Sputnik. Oʻzbekiston oliygohlarini nufuzli xorijiy OTMlar yordamida transformatsiya qilish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasining qarori eʼlon qilindi.

Unda aytilishiga koʻra, Oʻzbekiston  OTMlarini transformatsiya qilishda quyidagi yoʻnalishlarga alohida eʼtibor beriladi:

  • Oliy taʼlimni raqamli formatga oʻtkazish, raqamli taʼlim texnologiyalarini keng joriy etish;
  • Loyihaviy oʻqitish uslublarini kengaytirish, innovatsion taʼlim muhitini shakllantirish;
  • Talabalardan tadbirkorlik koʻnikmalarini rivojlantirish, biznes loyihalarini qoʻllab-quvvatlash dasturlarini yaratish;
  • OTM hududini taʼlim, ilm-fan va ijtimoiy-madaniy rivojlanish markazi sifatida rivojlantirish

OTMlarni transformatsiya qilish quyidagi bosqichlarda amalga oshirilish belgilangan.

1. 2021 yilning 1 martiga qadar Oʻzbekistonda 5ta OTM ochiq saylov asosida tanlab olinadi.

2. 2021 yilning 1 mayiga qadar tanlab olingan OTMlarni transformatsiya qilish dasturi ishlab chiqiladi.

Shuningdek, transformatsiya qilingan OTMlarda quyidagi oʻzgarishlar yuz beradi:

  • Bosqichma-bosqich oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtish
  • Bakalavriat va magistraturaga qabul parametrlari, kirish imtihonlari OTM tomonidan belgilanadi;
  • Hamkor sifatida biriktirilgan xorijiy OTM professorlari oʻquv jarayoniga jalb etiladi.
  • Chet tillarida oʻqitiladigan fanlar bosqichma-bosqich kiritilib boradi
  • 2021-2022 oʻquv yilidan boshlab ushbu OTMlarda keng akademik mustaqillik berish rejalashtirilgan
  • Xalqaro moliya muassasalari grantlari jalb etiladi

Eslatib oʻtamiz, Vazirlar Mahkamasining ushbu qarori qabul qilinishiga Oʻzbekiston prezidentining 2020 yil 2 martida imzolangan "Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili" Davlat dasturi asos boʻlgan.  

Asosiy mavzular