21:48 27 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1287)
103020

Parhezshunos Yekaterina Burlyayeva koronavirus infektsiyadan himoya qiladigan oziq-ovqat mahsulotlarni maʼlum qildi.

TOSHKENT, 28 okt — Sputnik. "Sogʻlom ovqatlanish va sport" konsultativ-diagnostika markazi rahbari, Federal ovqatlanish va biotexnologiya ilmiy-tadqiqot markazining yuqori malakali parhezshunosi Yekaterina Burlyayevaning soʻzlariga koʻra, immunitetni mustahkamlovchi vitamin va minerallarni oʻz ichiga olgan oziq-ovqat mahsulotlarini isteʼmol qilish koronavirus infektsiyasiga qarshi turishga yordam beradi.

Vrach A, S, D, YE, V2, V6 va V12 vitaminlari hamda foliy kislotasi, rux, selen va temirning ahamiyatini taʼkidladi.

Mutaxassis taʼkidlashicha, D vitamini yetishmovchiligi nafas yoʻllari infektsiyasini rivojlanish kasalliklari xavfiga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, u nafas olish epiteliyasida oʻziga xos antimikrob oqsillarni ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlaydi - bu virusni yuqtirish va infektsiya belgilarining rivojlanishini kamaytiradi.

Treska baligʻining jigari, tuxum sarigʻi, baliq va sariyogʻ D vitaminiga boy. Kuniga 10-15 gramm treska jigarini isteʼmol qilish A va D vitaminlariga boʻlgan kunlik talabni qoplash mumkin.

Burlyayevaning soʻzlariga koʻra, tarkibida YE vitamini boʻlgan yongʻoq va kungaboqar yogʻi inson organizmini infektsiyalardan samarali himoya qilishi tan olingan, bu mahsulotning ikki osh qoshigʻi odamning bu vitaminga boʻlgan kunlik ehtiyojini toʻliq qondiradi.

Shifokor shuningdek, S vitamini ahamiyatini eslatdi: ratsionga naʼmatak, oblepixa, qora smorodina, karam, tsitrus mevalar, bolgar qalampirini qoʻshishni maslahat berdi.

Bundan tashqari, mol va tovuq jigari, shuningdek pishloq va yongʻoqni isteʼmol qilish foydali - ular tarkibida selen bilan birga immunitetga javob beradigan rux mavjud. Selen shuningdek, jigar va tvorog tarkibida mavjud.

Ammo tanani vitaminlar va minerallar bilan toʻyinganligini faqat ovqatlanish orqali "tuzatish" qiyin, shuning uchun parhezshunos vitamin komplekslaridan foydalanish haqida oʻylashni tavsiya qildi. Bundan tashqari, u oqsillar, yogʻlar va uglevodlarning muvozanatini kuzatishni maslahat berdi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1287)

Asosiy mavzular