16:23 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
387 0 0

Vazirlik xabariga koʻra, ijtimoiy tarmoqlarning oʻzbek segmentida turli radikal, diniy ekstremistik va islom diniga yot gʻoyalarni targʻib qiluvchi maʼlumotlar tarqalmoqda.

TOSHKENT, 29 okt — Sputnik. Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirligi fuqarolarga ogohlantirish bilan chiqdi.

Xabarda yozilishicha, ayni kunlarda ijtimoiy tarmoqlarning oʻzbek segmentida turli radikal, diniy ekstremistik va islom diniga yot gʻoyalarni targʻib qiluvchi maʼlumotlar tarqalmoqda.

“Shu munosabat bilan, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilariga turli radikal, diniy ekstremistik va islom diniga yot boʻlgan gʻoyalarni targʻib qiluvchi maʼlumotlarni tayyorlash, saqlash va tarqatish Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 156-modda (Milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qoʻzgʻatish), 244 prim 3-modda  (Diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, olib kirish yoki tarqatish) larida belgilangan javobgarlikka tortilishiga sabab boʻlishi haqida ogohlantiramiz”,  - deyilgan xabarda.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan (jurnalist, bloger va fuqarolar) omma eʼtiboriga havola qilinayotgan maʼlumotlarni avvalo qonunga xilof emasligini oʻrganib chiqish soʻralgan.

Asosiy mavzular