05:49 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
30110

“Qurilish sohasida “yashirin iqtisodiyot”ni qisqartirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi hukumat qarori loyihasi tayyorlandi.

TOSHKENT, 29 okt — Sputnik. “Qurilish sohasida “yashirin iqtisodiyot”ni qisqartirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi hukumat qarori loyihasi umumiy muhokamaga qoʻyildi.

Qurilish tashkilotlari tomonidan oʻz yashirin faoliyatini ixtiyoriy ravishda qonuniylashtirishi uchun 2020 yil 1 dekabrdan quyidagi ragʻbatlantirish mexanizmlari joriy qilish taklif etilmoqda:

a) norasmiy bandlik holatlari kuzatilmagan yoki yashirin faoliyatni toʻliq bartaraf etgan qurilish tashkilotlari reyestri yuritiladi.

Reyestrga kirgan qurilish tashkilotlarga qurilish obʼyektlarida bajarilgan ishlar uchun buyurtmachi tomonidan mablagʻ ajratilgunga qadar daromad va ish haqidan boʻlgan soliqlarni toʻlash muddatini mutanosib ravishda uzaytirishga ruxsat etiladi.

b) oʻrganish jarayonida nolegal xodimlarni rasmiylashtirgan qurilish tashkilotiga ularning kasbiy malakasini oshirish, mehnat muhofazasi qoidalariga oʻrgatish va shaxsiy himoyalash vositalarini xarid qilish uchun Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiya beriladi. Bunda:

subsidiya kasbiy malakani oshirish uchun har bir xodim uchun 6 oy muddatgacha har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari miqdorigacha, mehnat muhofazasi qoidalariga oʻrgatish va shaxsiy himoyalash vositalarini xarid qilish uchun bir marta bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorigacha beriladi;

ishchi guruhlar tomonidan aniqlangan norasmiy ishlayotgan xodimlarga ularni kasbga oʻqitish, qayta oʻqitish, malakasini oshirish uchun kasb-hunarga oʻqitish markazlariga yoʻllanma beriladi, bunda ish beruvchi tomonidan ushbu xodimlarni oʻqishdan keyin rasmiy ravishda ishga olish boʻyicha kafolati olinadi.

v) qurilish tashqilotlari tomonidan 2020 yil 1 dekabrga qadar ishchilarga norasmiy ish haqi toʻlangan xolatlar yuzasidan huquqiy choralar qoʻllanilmaydi va yuzaga kelib chiqishi mumkin boʻlgan har qanday soliq va majburiy toʻlovlardan voz kechiladi, bir yil ichida ishchilariga norasmiy ish haqi toʻlangan xolatlar aniqlangan qurilish tashkilotlar bundan mustasno.

Qurilish tashkilotlariga ayrim qurilish ishlari turlari boʻyicha oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarni xizmat koʻrsatish shartnomasi asosida jalb etishga ruxsat berish koʻrsatilmoqda.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va sugʻurta kompaniyalari tomonidan ish beruvchilar, shu jumladan qurilish tashkilotlari oʻz fuqarolik javobgarliklarini majburiy sugʻurta qilganligini birgalikda monitoring qilish tajribasi joriy etish taklif qilinmoqda.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda faoliyatida xodimlar sonini yashirish aniqlangan holatlari boʻyicha mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha, xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, mansabdor shaxslarga ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solinishini nazarda tutuvchi takliflar ishlab chiqish rejalashtirilgan.

Asosiy mavzular