13:31 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
95 0 0

Oʻzbekistonda koronavirusni davolash koʻrsatgichi 96 foizni tashkil etmoqda: kasallanganlardan 63713 nafari tuzalib ketgan.

TOSHKENT, 30 okt - Sputnik. Oʻtgan tun davomida Oʻzbekistonda yana 88 kishida koronavirus aniqlandi. Shunday qilib 2020 yil 30 oktyabr soat 10:00 holatiga koʻra Oʻzbekistonda jami 66 542 kishida koronavirus qayd etildi. 

Yangi kasallanish holatlarining aksariyati Namangan viloyati (21), Toshkent shahari (19) va  Jizzax viloyatida (11) aniqlandi. Shuningdek Fargʻonada 9 kishi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Toshkent viloyatida 7 kishidan, Qashqadaryoda 4 va Navoiyda 3 kishida aniqlangan. 

Tun davomida koronavirusga chalingan bemorlardan 1 kishi vafot etgan.

Koronavirusga chalingan 66542 nafar bemorlardan 63 713 nafari - tuzalib ketgan. Ayni damda davolash koʻrsatgichi - 96 %ni tashkil qilmoqda. 

Shifoxonalarda 2 267 nafar bemorga belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda. Ulardan 269 nafari ogʻir, 73 nafari oʻta ogʻir ahvolda. 

Asosiy mavzular